Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Andijonda milliy liboslar ko‘rgazmasi uchun xodimlardan pul yig‘ildimi?

A A A
Andijonda milliy liboslar ko‘rgazmasi uchun xodimlardan pul yig‘ildimi?

Andijon viloyati hokimligi har bir shahar va tumandagi xotin-qizlar faollaridan pul yig‘ilayotgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.

jtimoiy tarmoqlarda Andijonda oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etilib, ko‘rgazmani o‘tkazish uchun har bir shahar, tumanlardagi xotin-qizlar faollaridan pul yig‘ilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Qayd etilishicha, xotin-qizlar faollaridan pul mablag‘lari yig‘ilishi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Mazkur iddao bo‘yicha birorta asosli holat hozirgacha kuzatilgani yoki aniqlangani yo‘q. Bundan tashqari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi mazkur tadbirning moliyaviy tomoniga daxldor emas va sohaga oid ishtirokchi sifatida qatnashib borishni ko‘zda tutgan. Tadbir xarajatlari festivalga ajratilgan umumiy mablag‘lar hisobidan qoplangani bildirib o‘tilgan, — deyiladi munosabatda.

Shuningdek, hokimlik xabarlarda shaxsga oid tuxmat va haqoratli jumlalarga nisbatan ommaga yolg‘on axborot tarqatish hamda shaxsni obro‘sizlantirish qonunchiligimizga asosan javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tgan.

Kiritildi: 10:10 06.08.2024. O'qildi: 1306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!