Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Andijonda joynamoz ustidagi qaynona kelini tomonidan o‘ldirilmagan

Andijonda joynamoz ustidagi qaynona kelini tomonidan o‘ldirilmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida kelin qaynonasini joynamoz ustida ketmon bilan chopib o‘ldirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bosh prokuratura ushbu holat yuzasidan ba’zi ma’lumotlarni bayon qildi.

Aniqlanishicha, M.E. (erkak) 14 aprel kuni soat 17:42 larda o‘zi yashab kelayotgan Markaz mahallasi Maorif ko‘chasi 27-uy oldida mazkur xonadonda yashovchi M.E. (ayol) bilan yuqorida ko‘rsatilgan xonadonni devor bilan bo‘lish masalasi yuzasidan o‘zaro tortishib, M.E. qo‘lida bo‘lgan ketmon bilan M.E.ning bosh qismiga urib, og‘ir shikast yetkazib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan.

Ushbu holat Oltinko‘l tumani IIB navbatchilik qismidagi 1-Shakl kitobida 14 aprel kuni ro‘yxatdan o‘tkazilib, hodisa joyi katta tergovchi SH.T. tomonidan ko‘zdan kechirilib, bayonnoma rasmiylashtirilgan, hodisa joyi chizmasi va fotojadvallar tuzilgan. Ko‘zdan kechirish davomida 2 dona xo‘jalik ketmoni, 1 dona temir ketmon va qonga o‘xshash dog‘lardan namunalar olingan, shuningdek, M.E.ning murdasi mutaxassis A.R. ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Ish bo‘yicha 14 aprelda M.E.ning murdasi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, ekspertning 19 maydagi xulosasi olinib, ish hujjatlariga qo‘shilgan. Ekspert xulosasida M.E.ning murdasida bosh miya yopiq shikasti, bosh gumbaz va asos suyaklarining ochiq sinishi, bosh miya to‘qimasining majaqlanishi, bosh miya lat yeyishi, bosh miya to‘qimasiga qon quyilishi, uzunchoq miya, Voraliyev ko‘prigi, miyacha, o‘rta miya va orqa miya bo‘yin sohalari pardalari ostiga, miya to‘qimalariga o‘choqli qon quyilishlari, bosh o‘ng chakka tepa sohasida chopilgan va lat yeb yirtilgan yaralar, bosh o‘ng chakka tepa sohasida teri osti qon quyilishi, o‘ng ko‘z yuqori va pastki qovoqlar, o‘ng quloq suprasi sohalarida shilinma va qontalashlar, o‘ng qo‘l 5-kaft suyagining ochiq sinishi, chap va o‘ng qo‘l o‘ng yon bosh sohalarida shilinmalar, qontalashlar aniqlangani, ushbu jarohatlar uning o‘limiga sababchi bo‘lgani ko‘rsatilgan.

Ta’kidlanishicha, gumon qilinuvchi M.E.dan 14 aprelda olingan qon namunasi bo‘yicha o‘tkazilgan sud kimyoviy ekspertizasining 5 maydagi xulosasida taqdim etilgan qon namunasida 1,5 foiz etil spirti borligi aniqlangan. Marhuma M.E.ning hodisa vaqtida egnida bo‘lgan ust bosh kiyimlari bayonnoma orqali olinib, ish bo‘yicha sudga oid tibbiy kriminalistika va biologiya ekspertizalari tayinlangan, hozirda xulosasi kutilmoqda.

Shuningdek, M.E. 14 aprel kuni Jinoyat prosessual kodeksning 221-tartibida ushlanib, unga nisbatan 15 aprel kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tayinlangan. Ayblanuvchi M.E. o‘zining ko‘rgazmalarida M.E. yashash xonadonidan ketmon olib chiqib, «voy-dod, meni uryapti» deb baqirgani sababli un baribir urdi deb tuhmat qiladi deb, qo‘lidagi ketmonni olib, boshiga bir marotaba urganini bildirgan.

Qayd etilishicha, ish bo‘yicha asosiy guvoh hisoblangan O‘.U. ayblanuvchi M.E. yashash xonadoni ichkarisida ustalar bilan janjallashib, ularni quvlab ko‘chaga ketmon bilan chiqqani, shu vaqtda ko‘chada marhuma M.E. turganini ko‘rib, uning oldiga ketmon bilan yugurib borib, bir marta ketmonning kesuvchi qismi bilan boshiga urib, M.E.ni yerga yiqitganini, so‘ng ketmon bilan qolgan ustalar tomonga urmoqchi bo‘lib ketayotganida qo‘lidagi ketmonni o‘sha yerda bo‘lgan ustalar olib qo‘yib, uni ushlab, ichki ishlar xodimlariga topshirganini bildirgan. Jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:45 31.05.2021. O'qildi: 4996 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!