Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Andijonda ayollarning “sirli ro‘yxati”: sabab va tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Andijonda ayollarning “sirli ro‘yxati”: sabab va tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Xotin-qizlar qo‘mitasi va Xalq ta’limi vazirligi Andijonda xalq ta’limi sohasidagi ayollarning “sirli ro‘yxati” yuzasidan qo‘shma bayonot berdi

Qayd etilishicha, ikki vazirlik birgalikda mazkur voqelikni jiddiy o‘rganib chiqqan. Ma’lum bo‘lishicha, bu ro‘yxat Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi tomonidan viloyatdagi huquqni muhofaza qilish organlariga ishga qabul qilishda suhbatga chaqirish uchun tuzilgan bo‘lib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ayol xodimlar, xususan, pedagoglar sonini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Ro‘yxatda qayd etilgan ayollar roziligi olingan holda suhbatga yuborilgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlashni xohlamaganlar esa ro‘yxatdan o‘chirilgan va suhbatga chaqirilmagan.

“O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi mazkur ro‘yxatning tuzilishiga mutlaqo aloqasi yo‘qligiga qaramay, jamoatchilik oldida mas’uliyatni his qilgan holda, tegishli idoralar bilan birgalikda yuqoridagi savollarga javob izladi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda ushbu ro‘yxatdagi ayollar masalasida aholining vahimaga tushishiga o‘rin yo‘qligi qo‘shimcha qilingan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktablarda ishlovchi 25 — 35 yoshdagi, turmushga chiqmagan va turmushidan ajragan ayollarning alohida ro‘yxati yuritilishiga oid ma’lumot paydo bo‘lgandi.

 

Kiritildi: 11:22 13.08.2019. O'qildi: 2814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!