Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Andijonda ayol boshqa bir ayolni g‘isht bilan urib o‘ldirdi. Nega?

Andijonda ayol boshqa bir ayolni g‘isht bilan urib o‘ldirdi. Nega?

Marhamat tumani, Guliston mahallasida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan ayol O.O. janjal tufayli mazkur tumanning Turon mahallasida yashovchi, ikki farzandning onasi A.N.ni g‘isht bilan urib o‘ldirgan.

Ikki yoshli farzandi bo‘lgan, endigina 23 yoshini qarshilagan yosh ayol qanday qilib mudhish qotillikka qo‘l urgani har qanday inson qalbini larzaga soladi. Bunga uni nima majbur qildi?

Aslida O.O. avvaldan tanishi bo‘lgan A.N.dan pul qarz olgan. Ana shu qarzini so‘rab kelganda ularning o‘rtalarida janjal kelib chiqqan. Ahvol shu darajaga borib yetganki, O.O. o‘z xonadonida haqdorni g‘isht bilan urib o‘ldirgan.

Ushbu qotillik bilan bog‘liq jarayonning davomi yanada dahshatli tus oladi.

O.O. Izboskan tumanida yashovchi, kiyim-kechaklar savdosi bilan shug‘ullanuvchi opasi M.O.ni yordamga chaqiradi. Opa-singil qotillikni yashirib, jasadni ko‘rpaga o‘rab, tovar olib ketyapmiz, deya taksida Andijon tumanidagi Istiqlol mahallasida yashovchi otalarining uylariga olib kelishadi. O‘sha paytda otasi uyda bo‘lmagan, onasi esa kasal yotgan. Uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, jasadni chekkadagi xonaga yashirib qo‘yishadi.

Xitoy davlatidagi oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan o‘g‘liga bank orqali pul yuborish maqsadida ertalab chiqib ketgan, yonida pul va tilla taqinchoqlari bo‘lgan A.N. ning o‘sha kuni uyiga qaytmagani, telefoniga javob bermayotgani haqida uning turmush o‘rtog‘i ichki ishlar bo‘limiga xabar bergan. Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida ayolning jasadi topildi.

Qotillikni yashirish, jasadni yo‘q qilish niyatidagi opa-singillar qo‘lga olindi.

Ushbu holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan jinoiy ish ochilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 16:40 09.04.2019. O'qildi: 2562 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!