Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi

Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi

Andijon viloyatida bir guruh shaxslar tomonidan “Soliq” ilovasi orqali 35,1 mlrd so‘m mablag‘ keshbek sifatida talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda 6 nafar fuqaro va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro O‘.Q.ning nomiga 3 ta, fuqaro N.YU.ning nomiga 5 ta va R.X.ning nomiga 1 ta MCHJ tashkil etib, ushbu MCHJlar o‘rtasida hech qanday moliyaviy aloqalar amalga oshirilmagan bo‘lsa-da, 2026 yilning mart-aprel oylarida jami 1,1 trln so‘mlik mahsulotlar yetkazib berilgani haqida soxta elektron hisob-fakturalarini rasmiylashtirib, go‘yoki savdodan tushgan pul mablag‘larini kirim qilib, fuqarolarga sotilgani haqida cheklar chiqarib, jami 100 458 nafar fuqaroga “Soliq” ilovasi orqali keshbek sifatida to‘lab berilgani oqibatida 35,1 mlrd so‘m byudjet mablag‘lari o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.

Qayd etilishicha, Andijon viloyati soliq boshqarmasi mas’ul shaxslari va boshqalar yuqoridagi MCHJlar tomonidan jami 1,1 trln so‘mlik hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtirilgani holatlari bo‘yicha korxonalarning QQS guvohnomalarini bekor qilish choralarini ko‘rmagan, shuningdek, shubhali operasiyalar haqida Departamentga xabar bermagan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.

Kiritildi: Bugun 14:30. O'qildi: 292 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!