Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

"Andijon" yangi transferni e’lon qildi

A A A
"Andijon" yangi transferni e’lon qildi

“Andijon” klubi yozgi seleksiyadagi ikkinchi transferini amalga oshirdi. Yaqinda jamoa yig‘iniga qo‘shilgan qozog‘istonlik 19 yoshli iqtidor egasi - Abinur Nurimbet bilan bugun rasman shartnoma imzolandi. Endi u to‘laqonli ravishda "Andijon" klubining yangi a’zosiga aylandi.

Ma’lumot uchun:

Abinur Nurimbet

Tug‘ilgan sanasi: 26.04.2005

Ampulasi: hujumkor yarim himoyachi

To‘p surgan jamoalari: “Taraz” U19 (Qozog‘iston), “Ulitau” (Qozog‘iston), “Energetik-BGU” (Belarus), “Gomel” (Belarus).

Shuningdek, Nurimbet Qozog‘iston U17, U18 terma jamoalarida o‘ynadi. Hozirda u Qozog‘iston U19 va U21 terma jamoalarining a’zosi sanaladi.

O‘tgan vaqt mobaynida Abinur “Gomel” tarkibida Belarus chempionatida 10 ta uchrashuvida maydonga tushdi va 1 ta gol muallifiga aylandi. Hozirda ushbu o‘yinchi qozoq futbolining bo‘lajak yulduzlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

"Andijon" matbuot xizmati.

Kiritildi: 22:08 22.07.2024. O'qildi: 1234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!