3 yanvar kuni 03:00 larda Marhamat tumani "Shomat" MFYda joylashgan xonadonda yashovchi fuqaro X.SH. yashash xonadonining yotoqxona qismida qo‘lbola usulda qurilgan isitish pechini yoqmoqchi bo‘lib, gugurt chaqqan vaqtida xonaga to‘plangan tabiiy gaz va havo aralashmasidan chaqnash yuz bergan.
Natijada, ushbu xonada bo‘lgan X.SH.ning tanasining 90 foiz, turmush o‘rtog‘i L.SH.ning tanasining 35-40 foiz, o‘g‘li J.X.ning tanasining 20-30 foiz, qizi X.X.ning tanasining 70 foiz qismi kuyish tashxisi bilan tuman SHTTYOBga yotqizilgan.
Afsuski, 4 yanvar kuni X.X. shifoxonada tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlarini har tomonlama, to‘liq va sifatli olib borilishini ta’minlash maqsadida tuman prokuraturasi tomonidan jabrlanuvchilarga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda, tekshiruv yakuni bo‘yicha batafsil axborot taqdim etiladi.