O‘tkirbek Shukurov 1983 yil Andijon tumanida tug‘ilgan. 2011 yilda Andijon davlat tillar pedagogika institutini, 2012 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Andijon viloyati kengashida mutaxassis, bo‘lim mudiri, kengash raisi, markaziy kengash raisining o‘rinbosari, Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari, Xo‘jaobod tumani hokimi lavozimlarida ishlagan.
O‘. Shukurov ushbu lavozimiga tayinlangunga qadar Andijon viloyati hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha kotibiyat mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.