Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Ilhom Sobirov tayinlandi. Bu haqda viloyat axborot xizmati xabar bermoqda.

Ilhom Sobirov 1974 yilda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tug‘ilgan. 1996 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 2003 yilda Guliston davlat universitetini, 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida “O‘zpaxtasanoat” AJda bosh texnik, mutaxassis, bosh muhandis, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasida sho‘ba mudiri kabi lavozimlarda ishlagan.

Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar “O‘zcharmsanoat” uyushmasi standartlar va innovasiyalarni joriy qilish hamda grantlarni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Kiritildi: 10:16 11.10.2024. O'qildi: 1040 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!