Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Andijon tumanida yog‘och ombori yonib ketdi

Andijon tumanida yog‘och ombori yonib ketdi

Kecha, 21 iyun soat 20:10 da “112” tizimi orqali Andijon viloyati FVBga Andijon tumani, “Mart” MFY, Obod yo‘li ko‘chasida joylashgan yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 6 ta qutqaruv bo‘linmalari soat 20:18 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 20:55 da o‘rab olingan va soat 21:55 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida yog‘och omboriing taxminan 250 kv.m. maydonda tomi, shifti, ichki qismi va yog‘och materiallari yonib zararlangan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Voqea joyiga viloyat FVB rahbariyati va xodimlari hamda hamkorlikdagi xizmatlarning rahbar va xodimlari chiqqan.

Kiritildi: 10:10 22.06.2026. O'qildi: 1154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik