Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Andijon shahrining sobiq hokimi 30 ga yaqin holatda qonun talablariga zid hujjatlarni imzolagan

Andijon shahrining sobiq hokimi 30 ga yaqin holatda qonun talablariga zid hujjatlarni imzolagan

Andijon shahri sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev tomonidan jami 30 ta holatda qonun talablariga zid qaror va farmoyishlar qabul qilinganligi aniqlangan. Bu haqda viloyat hokimligi muassisligidagi «Andijonnoma» gazetasining 27 avgust sonida xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiya yakunlari bo‘yicha chop etilgan rasmiy axborotda ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, sessiyada viloyat hokimi, xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, so‘zga chiqqan, aynan shu sessiyada Dilmurod Rahmatullayev Andijon shahar hokimi lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilingan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon shahrida ko‘plab imkoniyatlar mavjud bo‘lsa-da ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha oxirgi yillarda juda ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Mavzuga doir: Hafta ijtimoiy muammolari: Davlatning juniga shaxsiy juningni aralashtirma

2019 yilda umumiy qiymati 5,7 trillion so‘mlik 140 ta loyiha dasturga kiritilib, 13 249 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Biroq loyihalar shahar hokimligi tomonidan qat’iy nazoratga olinmaganligi sababli 11 ta loyihada qurilish ishlari yakunlanmagan, 29 tasida haligacha ishlar boshlanmagan, 3 ta loyihaning yer maydonlari esa hal etilmagan.

Viloyatda 2019 yilda 222,7 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish belgilangan bo‘lib, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida yanvar—iyul oylarida 160,5 million dollarlik yoki yillik rejaning 72 foizi miqdorida o‘zlashtirilgan. Andijon shahrida esa bu ko‘rsatkich atigi 6,6 million dollarni yoki yillik o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan xorijiy investisiyalarning 47 foizini tashkil etgan.

Shahar hududida 406 ta bo‘sh turgan ob’ekt aniqlangan bo‘lib, ularning 380 tasiga ta’sirchan soliq mexanizmi qo‘llanilgan. Atigi 50 ta ob’ektda mulkdorlar tomonidan istiqbolli loyihalar ishlab chiqilgan xolos.

1 avgust holatiga shaharda ro‘yxatdan o‘tgan 9 300 ta kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlaridan 4 877 tasi yoki 52,4 foizi faoliyat ko‘rsatmayotganligi aniqlangan. 5 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilgan bo‘lsa-da, ularda bir qator muammolar bartaraf etilmasdan kelmoqda.

Aholi bandligini oshirish, ishsiz aholini ishga joylashtirish, ijtimoiy himoyaga olish bo‘yicha shaharda vaziyatning yomonlashishi kuzatilgan. Ishsizlik darajasi 9 foizni tashkil etib, 3,8 foizga yoki ishsiz fuqarolar soni 8 366 nafarga ko‘paygan.

Shahar hokimligi tomonidan ijtimoiy sohalardagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha ham zaruriy choralar ko‘rilmagan. Jinoyatchilikning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash borasida muayyan kamchiliklar qayd etilgan.

Andijon shahri hokimi tomonidan jami bo‘lib 30 ta holatda qonun talablariga zid qaror va farmoyishlar qabul qilinganligi aniqlangan. Andijon shahri bo‘yicha Prezident virtual qabulxonasiga 2019 yilning shu kunigacha kelib tushgan murojaatlarning qariyb 40 foizini takroriy murojaatlar tashkil qiladi.

Kiritildi: 15:44 31.08.2019. O'qildi: 1934 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!