Ijtimoiy tarmoqlar hamda Telegram messenjerida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov lavozimidan ozod qilingani hamda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib Karimov Dilshodbek Abdumalikovich tayinlangani haqida xabarlar tarqatilmoqda. Ta’kidlash joizki, ayni paytda mazkur xabar rasmiy manbalar tomonidan e’lon qilinmagan. Axborot resurslaridan haqqoniyligi tasdiqlanmagan, asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘rab qolamiz.
Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.