Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Anchelotti Kroosni ishontira olmadi

Anchelotti Kroosni ishontira olmadi

Karlo Anchelotti Toni Kroosni "Real Madrid"da qolishga ishontirishga harakat qildi.

Kecha "Real Madrid" va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Yevro-2024dan keyin faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

Marca xabariga ko‘ra, Anchelotti Kroos va "Real" rahbariyatiga germaniyalik futbolchini kelasi mavsumda jamoada olishni xohlayotganini aytgan. Madrid klubi bosh murabbiyi yarim himoyachida pasayish alomatlarini sezmadi. Aytilishicha, Anchelotti vaqti-vaqti bilan so‘nggi bir necha kun ichida Kroos va Modrichni nazarda tutib, "hech bo‘lmaganda bitta futbolchini saqlab qolish" istagini bildirgan.

Anchelotti markaziy yarim himoyada foydalanishni rejalashtirgan Jud Bellingem kelasi mavsumda Kroosning ba’zi vazifalarini bajarishi kutilmoqda. Ayni damda "Real" germaniyalik yarim himoyachining o‘rniga mavjud o‘yinchilarni qo‘yishni rejalashtirmoqda, biroq yangi transferlar ham amalga oshirilishi mumkin.

Kiritildi: 06:01 22.05.2024. O'qildi: 1139 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!