Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Anatomik interaktiv stoli ta’limda burilish yasay oladimi?

A A A
Anatomik interaktiv stoli ta’limda burilish yasay oladimi?

Qarordan kelib chiqqan holda Toshkent davlat stomatologiya institutida ham ta’lim jarayoniga innovasion texnologiyalarni joriy etish, talabalarning bilim va o‘qishga bo‘lgan intilishini oshirishga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

 

Joriy yilda institutda dunyoning nufuzli tibbiyot muassasalari mutaxassislari ishtirokida tadbirlar o‘tkazildi. 80 dan ortiq talabalar, klinik ordinatorlar va pedagoglar nufuzli xorijiy tibbiyot oliygohlarida malaka oshirdi.

 

Yuqoridagi ishlarning uzviy davomi sifatida Toshkent davlat stomatologiya institutida tibbiy biologik fanlarni o‘qitishda yangilik bo‘lgan «Pirogov» anatomik interaktiv stolining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

– Jahonda tibbiyot sohasining jadallik bilan rivojlanishi klinikagacha bo‘lgan blok fanlarni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirmoqda, – deydi Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori Jasur Rizayev. – Bugungi taqdim qilinayotgan anatomik interaktiv stoli tibbiy ta’limda katta burilish bo‘lishi shubhasiz. Ushbu interaktiv stolda talabalar bilimlarini baholovchi mezonlar ham ishlab chiqilgan bo‘lib, bu talabalarga o‘z bilimini mustaqil sinovdan o‘tkazish imkoniyatini beradi.

Manba: uza.uz
 

Kiritildi: 21:01 26.06.2018. O'qildi: 1631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik