Nufuzli tibbiyot jurnali – "The Lancet" markaziy osiyoliklar dunyoda eng tez qariyotgan millatlardan ekanini aniqladi. Bu haqda minbar.uz ma’lum qildi.
192 davlatda aholining qarish sur’ati o‘rganilgan tadqiqotda olimlar qiyoslash uchun 92 tur kasallik ro‘yxatini tuzishgan. Ular orasida 13 yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, 35 tur onkologik kasalliklar, Parkinson kasalligi, eshitishning yomonlashuvi, katarakta va glaukoma, Alsgeymer xastaligi, yiqilishdan olingan jarohatlar bor.
Er yuzida ana shu kasalliklar bilan qarish jarayoni o‘rtacha 65 yoshda boshlanadi. Ammo turli davlatlarda bu yosh turlicha, hatto 30 yil farq mavjud – ayrim yurtlarda qarish erta, ayrimlarida kech boshlanadi.
Papua-Yangi Gvineya aborigenlari yer yuzida eng erta – 45 yoshda qariy boshlaydi, yaponlar va shveysariyaliklarda bu ko‘rsatkich 76 yoshdir.
Afsuski, Markaziy Osiyo davlatlari aholisi bu jarayonda Yaponiyadan ko‘ra Papuaga yaqinroq turadi.
O‘rtacha olganda Markaziy Osiyoda aholi 59 yoshga yetmay qariy boshlaydi. Bu dunyodagi o‘rtacha qarish yoshidan 5 yil ertadir.
Xususan, turli sabablarga ko‘ra O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasidagi ahvol juda ayanchli: