Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ana xolos! O‘zbekistonlik erkak Rossiyada harakatlanayotdan poyezddan sakradi

Ana xolos! O‘zbekistonlik erkak Rossiyada harakatlanayotdan poyezddan sakradi

O‘zbekiston fuqarosi Rossiya hududida tushib qolish maqsadida harakatlanayotgan poyezddan sakradi. Bu haqda Orenburg viloyati prokuraturasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik ikki yil ilgari migrasiya qonunchiligini buzganligi sababli Rossiya hududidan chiqarib yuborilgan. Qolaversa, unga yana Rossiya hududiga kirish 5 yil muddatga taqiqlangan bo‘lgan.

Shunga qaramasdan, joriy yilning iyul oyida 31 yoshli o‘zbekistonlik Qozog‘iston hududida bo‘la turib, Rossiya hududidan tranzit orqali harakatlanuvchi poyezdga chipta xarid qilgan. Rossiya hududidan o‘tayotganda mamlakatda qolish maqsadida harakatlanayotgan poyezdan sakragan.  So‘ngra Orenburg viloyatining Sol-Ilesk shahrida chegara xizmati harbiylari tomonidan qo‘lga olingan va u aybiga to‘liq iqror bo‘lgan.

Unga nisbatan RF JKning 322-moddasi 2-qismi (Rossiya davlat chegarasining chet el fuqarosi tomonidan noqonuniy kesib o‘tilishi) bilan jinoyat ishi qo‘zatilgan.

Hozirda tasdiqlangan ayblov dalolatnomasi sudda ko‘rib chiqilishi uchun Sol-Ilesk tuman sudiga yuborilgan.

 

Kiritildi: 18:15 19.08.2019. O'qildi: 1907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!