Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ana xolos! Saudiya qirollik oilasi Qur’oni karimni o‘zgartirdi

Ana xolos! Saudiya qirollik oilasi Qur’oni karimni o‘zgartirdi

Isroilga yaqinlashib, musulmonlarga va Islomga urush e’lon qilgan Saudiya qirollik oilasi, endilikda Qur’oni Karimni buzishlikni boshladi. Saudiya Arabistoniga qarashli “Qirol Fahd Akademiyasi” tomonidan chop qilingan Qur’oni Karimning ibroniycha tarjimasida, Paygambarimiz Hazrati Muhammad s.a.v ning ismi sharifi olib tashlanganligi va yana boshqa 300 ta xatoga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum qilindi. Bu xaqda "tarjumon.uz" xabar berdi.

“Iliq Islom” nomi ostida mamlakatni sekulyarlashtirishlikga harakat qilgan Saudiya Arabistoni boshqaruvi, endilikda esa Qur’oni Karimni o‘zgartirishga kirishdi.

Saudiya Arabistoni Qirollik oilasiga bog‘liq ravishda dunyoga tarqatilgan Qur’oni Karimlar ustida tadqiqot olib borgan Qirol Fahd Akademiyasi 300 ta xilma-xil xatolarni Qur’oni Karimning ibroniycha tarjimasiga kiritgani oshkor bo‘ldi.

Payg‘ambarimiz Muxammad s.a.v ning ismi sharifi ibroniycha tarjimadan olib tashlanib, Masjidul Aqso esa «haykal» deb tarjima qilingan. Tarjima Asad Nemur Basul tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, ibroniycha tarjimadagi xatolarning yaxudiylarning muqaddas kitobi sanalgan taxrif (o‘zgartirib yuborilgan) etilgan Tavrotga nisbatan paralel shaklda o‘zgartirilib tarjima qilinganligi diqqatlarni tortdi. Isroil bilan yaqin aloqa qurgan Saudiya Arabistoni Qirollik saroyining Qur’oni Karimni o‘zgartirib, Isroilga yanada yaqinlashish maqsadi ma’lum bo‘ldi.

“Fojiali xatolar bor”

Shahabinning xabariga ko‘ra, bu fojiani Isroil tadqiqot mutaxassisi Alaadin Axmad ma’lum qildi. Axmad: “Dunyo bo‘yicha Mushafi Sharifni chop qilishlikdan mas’ul bo‘lgan Qirol Fahd Akademiyasi tarafidan tadqiq qilingan Qur’oni Karim tarjimasi nusxalarida, Islom aqidasiga fojiaviy zarar beradigan xatolar mavjud” dedi. Axmad: “…birinchi xato, birinchi saxifadanoq boshlanadi va Qur’oni Karim- Qur’oni Mubajjal, deb tarjima qilingan” deydi.

Isro surasidan “Masjid” kalimasini olib tashlab, o‘rniga “Haykal” deb qo‘yishgan.

Qur’on Karimda Isro surasi 7-oyatdagi “avval kirganlari kabi yana Masjidga kirsinlar” ifodasidagi «masjid» kalimasi o‘rniga “haykal” kalimasi qo‘yilgan.

Qur’oni Karimni bunday o‘zgartirish orqali sionistlarning e’tiqodiga nisbatan paralellik ifoda qildirishlik esa diqqatni tortadi. Sionistlarga ko‘ra, Masjidul Aqsoning tagida Sulaymon a.s. ning haykali bor.

Paygambarimiz s.a.v ismi sharifini yoza olmabdilar.

Saudning ibroniycha Qur’oni Karim tarjimasi Muborak Payg‘ambarimiz Hazrati Muxammad Mustafo s.a.v muborak ismi shariflari kitobning ohirida, payg‘ambarlar ismlari orasidan olib tashlanganligi ma’lum bo‘ldi. Yana, Ismoil a.s ning ismi zikr qilingan oyatdan ham olib tashlangan.

Oyatlarni boshqacha tarjima qilishgan.

Ahmad yana ko‘p mutashobix oyatlarni tushinib bo‘lmaydigan tarzda, boshqa ma’nolar berib tarjima qilinganligini aytdi. Umumiy hisobda 300 ta xato borligini bildirdi.

 

Kiritildi: 09:17 28.01.2020. O'qildi: 7743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!