“Real” hamda Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi mojarolar jahon chempionatidan keyin yakuniga yetadigan ko‘rinadi.
Xabaringiz bor, portugaliyalik hujumchi “qirollik klubi”dan yiliga 40 mln yevro maosh so‘rayotgandi. “Real” rahbariyati esa uning bu talabini qanoatlantirmagan, Krishtianuga 25 mln yevro + 7 mln yevro bonus yetarli deb hisoblayotgandi. Shu bois Ronalduning Madriddagi kelajagi so‘roq ostida edi.
“Libero” nashrining yozishicha, Ronaldu jahon chempionatidan keyin “Real”dan ketadi. U katta ehtimol bilan Angliyaga ko‘chib o‘tadi. Chunki hujumchining o‘zi “Manchester Yunayted”ga qaytmoqchi. Shu bilan birga, agar taklif qanoatlantirsa, portugaliyalik charm to‘p ustasi “PSJ”da to‘p surishga ham qarshi emas.