Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Ana xolos! Qadimgi Misrda mumiyolangan kohin murdasi gapirtirildi (video)

Ana xolos! Qadimgi Misrda mumiyolangan kohin murdasi gapirtirildi (video)

Bundan uch ming yil avval qadimgi Misrda mumiyolangan ruhoniydan g‘alati ovoz chiqdi. Bu haqda The Guardian xabar bergan.

Fir’avn Ramzes XI davrida yashagan Nesyamun kohinining ovozini London va York universitetlarining olimlari o‘rgangan. Ular avvaliga mumiyo kompyuter tomografiyasidan o‘tkazildi. Tadqiqotchilar ushbu yo‘l bilan Nesyamunning boshi va bo‘ynining skaner tasvirlariga ega bo‘ldi, shundan keyin uning ovoz yo‘li 3D-modeli yaratilgan.

Keyinchalik ushbu model 3D-printer yordamida chiqarilgan. Model mumiyolangan jasaddagi tilga ziyon yetgani tufayli ideal ko‘rinishda chiqmagan. Taxminlarga ko‘ra, bunga hasharot chaqishi oqibatidagi allergik reaksiya sabab bo‘lgan. Uch ming yillik topilmaning ko‘rinishi va ovozini tiklash uchun chala qolgan qismni kompyuterning o‘zi modellashtirib yig‘di. Lekin shunga qaramay, kohinning ovozi qanday bo‘lganini eshitishga muvaffaq bo‘lindi.

Chop etilgan ovoz yo‘liga og‘iz modeli va dinamik o‘rnatildi. Shu tariqa Nesyamunni gapirtirishga erishildi. Uning qisqa nutqida inglizcha «bad» («yomon») va «bed» («krovat») so‘zlariga yaqin tuvoshlar jamlanmasi yangradi.

Nesyamun — gapirtirilgan birinchi mumiyolangan murda emas. 2016 yilda tadqiqotchilar Alp tog‘larida besh ming yil avval yashagan «muzlagan odam»ni ham gapirtirgan. O‘shanda ovozni eshittirishning bu galgi nisbatan aniqroq metodikasidan foydalanilgan.

Kiritildi: 11:46 25.01.2020. O'qildi: 6312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!