Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Ana xolos! Odamlar hasharot iste’mol qilishni boshlashlari kerakmi?

Ana xolos! Odamlar hasharot iste’mol qilishni boshlashlari kerakmi?

Olimlar nima uchun odamlar hasharot iste’mol qilishni boshlashlari kerakligini aytishdi. Bu haqda Italiyaning Frontiers in Nutrition jurnali yozmoqda.

Diyetologlarning so‘zlariga ko‘ra, chigirtka, ipak qurti va chumolilarning tanasida ko‘plab antioksidantlar va boshqa foydali moddalar mavjud.

Olimlarning tushuntirishlaricha, bu ularni ozuqaviy hamda go‘sht o‘rnini bosa oluvchi qiladi.

“Hamma allaqachon anglab turibdiki, hasharotlar kelajakda biz uchun oqsil, to‘yinmagan yog‘li kislotalar, minerallar, vitaminlar va to‘qimalarning ajoyib manbai bo‘ladi. Shu bilan birga, hech kim ular apelsin sharbati va zaytun moyini, shuningdek, eng muhim antioksidantlarning boshqa manbalari o‘rnini bosa olish yoki olmasligini tekshirib ko‘rmagan”, - deydi Italiyaning Teramo universiteti olimi Mauro Serafini (Mauro Serafini).

“Erning kamida ikki milliard aholisi muntazam ravishda hasharotlarni iste’mol qiladi. Qolgan olti milliardni bu yomon fikr emas ekanligiga ishontirishimiz kerak. Agar odamlar ularni iste’mol qilish koni foyda ekanligini anglab yetishsa, biz ko‘plab iqlim va ekologik  muammolarni hal qilishimiz uchun biror kishini majburlashimizning hojati qolmaydi”, - deya fikrlarini davom ettiradi olim.

U hasharotlar antioksidantlar mavjudligi jihatidan farq qilashini qo‘shimcha qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, tarantulalar va chayonlar kabi hasharotlar Tailand va boshqa davlatlarda mashhur bo‘lishiga qaramasdan deyarli antioksidant moddasiga ega emas ekan.

Oddiy chigirtka, chumoli, shuningdek, ipak qurtlari juda foydali ekan. Ular tarkibida apelsin sharbati va zaytun moyiga qaraganda ikki barobar ko‘proq antioksidant moddalari borligi aniqlangan.

Olimlar bu hali amalda sinalmaganini qayd etib, yaqin kelajakda ko‘ngillilar ishtirok o‘tkaziladigan tadqiqotlar qator savollarning yechimiga yordam berishiga ishonch bildirishgan.

 

Kiritildi: 18:20 15.07.2019. O'qildi: 2127 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!