Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Ana xolos! Nilufar Usmonova 5 yil avval ismini o‘zgartirgan, u endi Aisha Usmonova (foto)

Ana xolos! Nilufar Usmonova 5 yil avval ismini o‘zgartirgan, u endi Aisha Usmonova (foto)

Xonanda Nilufar Usmonova bundan besh yil avval ismini o‘zgartirgan. Usmonova bu haqda Instagram dagi sahifasida yozib qoldirdi.

Demak tanishamiz! Mening ismim Aisha! Assalomu alaykum, men bu siz bilgan Nilufar Usmonova, ammo 5 yildan buyon men Aishaman.

Avvalambor, Alhamdulillah, muslimaman. Bilasizmi men ismimning ham muslimalarga xos bo‘lishini juda ham xohlardim. Qolaversa, bu ism menga judayam yoqib qolgan. Men ism egasi Aisha onamizga havas qilib, azon ayttirib bu ismni qo‘ydim.

Bu shaxsiy hayotimdan sizlarga va’da qilgan eng asosiy ma’lumotlardan biridir , deb yozadi Nilufar Usmonova.

Nilufar Usmonovaning yozishicha, Aisha - eng mashhur musulmon ayol ismlaridan biri bo‘lib, arab tilidan tarjima qilganda Barhayot , Yashovchi , Yashash ma’nolarini beribgina qolmay, payg‘ambar Muhammad S.A.V ning rafiqalaridir.

Aisha onamiz qo‘li ochiq, juda saxiy edilar. Ular qisqa umr ko‘rgan bo‘lsalar-da Payg‘ambarimiz bilan juda baxtli, osuda va mehr- muhabbatga to‘la hayot kechirganlar , deb yozadi Nilufar Usmonova.

Demak tanishamiz!!! Mani ismim Aisha! Assalomu aleykum man bu siz bilgan Nilufar Usmonova, ammo 5 yildan buyon MAN AISHAMAN?? Avvalambor Alhamdulillah muslimaman. Bilasizmi man ismimni ham muslimalarga xos bo lishini juda ham xohlardim. Qolaversa, bu ism manga judayam yoqib qolgan. Man ism egasi Aisha onamizga havas qilib, azon ayttirib bu ismni qo ydim. Bu ma lumot man sizga aytgan o zimni shaxsiy hayotimdan sizlarga va da qilgan eng asosiy ma lumotlardan biridir?? #haqiqatbu Aisha - eng mashhur musulmon ayol ismlaridan biri bo lib, arab tilidan tarjima qilganda Barhayot , Yashovchi , Yashash ma nolarini beribgina qolmay, payg ambarimiz Muhammad S.A.V ning rafiqalaridir. Aisha onamiz qo li ochiq, juda saxiy edilar. Ular qisqa umr ko rgan bo lsalar-da Payg ambarimiz bilan juda baxtli, osuda va mehr- muhabbatga to la hayot kechirganlar. Sizlar uchun bugunchalik qoldirgan va va da qilgan ma lumotim shu? Navbati bilan albatta shaxsiy hayotimga bog liq ma lumotlarni taqdim etib boraman. Azizlarim sizlar bilan yana bog langunimcha sog -omon bo lishga majbursizlar. Ha aytgancha, man ismlarini go zallashtirganlarni yoki chiroyli ma noli ismga o zgartirganlarni juda ham ko pchiliklarini taniyman. Qadrli poylovchilarim, sizlarning orangizda ham ism o zgartirganlar bormi?

Publikasiya ot Aisha ?Nilufar Usmonova (@nilufarusmonova)

Kiritildi: 12:34 22.04.2019. O'qildi: 6979 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!