Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Ana xolos! Koronavirusdan bir umrlik asorat qoladi 

Ana xolos! Koronavirusdan bir umrlik asorat qoladi 

Koronavirusdan aziyat chekkan bemorlarda bir umrlik asorat qolishi mumkin. Bu borada Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash milliy xizmati mutaxassislari tadqiqot o‘tkazgan.
Xabar qilinishicha, o‘rta yoshli kishilarda virus bilan birga yondosh kasalliklar aniqlangan va ular tuzalib ketgandan so‘ng ham doimiy charchoq va mehnatga layoqatsizlikdan aziyat chekishgan. Shu bilan birgalikda kelajakda Alsgeymer kasalligi rivojlanishi xavfi ham mavjud.
Kasal bo‘lgan har uchinchi bemorda o‘pka fibrozi uchraydi va shu bilan birga bir umrlik jismoniy va ruhiy zo‘riqish qayd etilishi mumkin. Britaniyaliklar kasaldan tuzalganlarning 10 foizida yurak faoliyatinining o‘tkir buzilishini aniqlashgan.
Ma’lum qilinishicha, bemor koronavirusdan to‘liq tuzalib, tiklanib ketishi uchun bir yil talab qilinadi. Ammo shunda ham ularning bir qismi avvalgi hayot tarziga qayta olmasligi mumkin.

Kiritildi: 11:20 24.06.2020. O'qildi: 5273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!