Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ana xolos! Koronavirus tepakal odamlar uchun xavfli. Nega?

Ana xolos! Koronavirus tepakal odamlar uchun xavfli. Nega?

Olimlar tepakal erkaklarda koronavirusdan o‘lish xavfi yuqori bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashdi, chunki bunday erkaklarning gormonlari virusning hujayralarga osonroq hujum qilishiga "imkon beradi". Bu haqda  “Daily Mail” xabar berdi.

Gap erkaklarda soch to‘kilishiga olib keladigan Androgen gormoni haqida ketmoqda. Ispaniya kasalxonalarida Covid-19 kasalligi bilan bog‘liq holatlar yuqoridagi fikrni isbotlagan.

Ushbu kashfiyotni "Gabrin belgisi" deb atash mumkin, chunki AQShda koronavirusdan vafot etgan birinchi erkak amerikalik shifokor doktor Frank Gabrin edi.

Braun Universitetida olib borilgan tadqiqotning muallifi, professor Karlos Vambiyer: "Biz chindan ham tepakallik jiddiy oqibatlarga sabab bo‘ladigan jihat deb o‘ylaymiz. Fikrimizcha, Androgenlar virusning hujayralarimizga kirishiga yo‘l ochadi", — dedi professor.

Kiritildi: 16:52 06.06.2020. O'qildi: 4154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!