Amsterdam markazidagi Dam maydoni yaqinida pichoq bilan qurollangan shaxsning hujumi oqibatida kamida besh kishi yaralandi.
Bu haqda shahar polisiyasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan. Voqea joyiga polisiya, tez yordam va qutqaruv vertolyoti yetib kelgan.
Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.