Bugun 11 may, 2024 yil, shanba

КИР

Amitabh Bachchan shifoxonadaga yotqizilgani haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritildi

Amitabh Bachchan shifoxonadaga yotqizilgani haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritildi

So‘nggi bir necha kun davomida taniqli hind aktyori Amitabh Bachchanning shifoxonaga yotqizilgani haqida tarqalgan mish-mishlarga Kaun Banega Crorepati («Kim millioner bo‘lishni istaydi?» ko‘rsatuvining hindcha talqini) televizion shousi ishlaydigan xodimlar aniqlik kiritdi, deb yozadi News 18.

Ma’lum qilinishicha, Amitabh boshlovchiligidagi ko‘rsatuv bu hafta suratga olinmaydi. Biroq, aktyor viktorina boshlovchisi sifatida suratga tushishda davom etadi.

IANS nashri o‘z manbalariga tayanib ushbu hafta shouni suratga olish rejalashtirilmagani haqida xabar tarqatgan. Suratga olish ishlari kelayotgan seshanba (22 oktyabr) davom etadi. Shuningdek, manbaning ta’kidlashicha, Amitabh Bachchanning shifoxonaga yotqizilgani haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq. Aktyor sog‘lom va uning ahvoli yaxshi. Qolaversa, ayni damda u shifoxonada emas.

Manbaga ko‘ra, Amitabh Bachchan odatdagi  ko‘rikdan o‘tish uchun shifoxonaga borgan. Uni kimdir ko‘rgan va aktyor shifoxonaga yotqizilgan deb ma’lumot tarqatgan.

«Odatda aktyor yakshanba kunlari KBC uchun suratga tushmaydi, chunki u shu kuni dam oladi. 21 oktyabr ya’ni dushanba kuni Mumbayda saylov bo‘lib o‘tadi. Shuning uchun u ishtirokidagi suratga olish ishlari seshanbadan davom etadi», — deyiladi manbada.

Kiritildi: 06:46 20.10.2019. O'qildi: 4374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!