Dubayning “Emirates” aviakompaniyasi Bag‘dodga parvozlarni bekor qilish muddatini 14 dekabrgacha uzaytirdi. Bu haqda aviakompaniya saytida ma’lum qilindi, deb xabar beradi «Report».
“Emirates” aviakompaniyasining Bag‘dodga va undan qatnovlari 2024 yil 14 dekabrgacha (shu jumladan) bekor qilindi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, Dubay-Bag‘dod yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar «Flydubai» budjet aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Emirates shuningdek, Bayrutga parvozlarga cheklovlar 31 dekabrgacha (shu jumladan) amal qilishini eslatdi.