Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Amerikalik shifokor: isroil snayperlari G‘azoda bolalarni ataylab o‘ldirmoqda

Amerikalik shifokor: isroil snayperlari G‘azoda bolalarni ataylab o‘ldirmoqda

G‘azodan qaytgan amerikalik yahudiy ortoped-jarroh Mark Perlmutter CBS News telekanaliga bergan intervyusida isroillik snayperlar bolalarni ataylab otib o‘ldirayotganini aytdi.

“Menda ikkita bolaning surati bor, ularni shaxsan o‘zim suratga olganman. Ular shunchalik aniq otishganki, men ularning yuraklariga stetoskopni aniqroq joylashtira olmasdim. Hech bir bola «dunyoning eng yaxshi snayperi» dan xato bilan ikki marta o‘q yemaydi. Va bu ataylab to‘g‘ridan-to‘g‘ri otilgan o‘qlar", deydi shifokor.

«Men ko‘rgan barcha ofatlar – 40 ta ko‘ngilli sayohatlarim, 30 yil, zilzilalar, bularning barchasi birga – G‘azodagi birinchi haftamdagi tinch aholi orasida ko‘rgan qirg‘inlarimning darajasi bilan solishtirib bo‘lmaydi. Men butun umrim davomida ko‘rganimdan ko‘ra ko‘proq bolalarning kuyib ketganini ko‘rdim. Men birinchi haftadayoq juda ko‘p sonli faqat jarohatlangan bolalarni ko‘rdim... ba’zi qismlari yo‘qolgan tanalar, portlashlardagi binolarda ezilgan bolalar... Sakkiz yoshli bolalardan bosh barmog‘imdek bo‘laklarni topa oldik xolos».

Kiritildi: 09:00 27.07.2024. O'qildi: 1103 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!