Floridada istiqomat qiluvchi ayol Fransillyen Lemes Fernandes egizak-qizlariga Rossiyada o‘tkazilayotgan JCH-2018 da qatnashayotgan davlatlarning milliy libosini kiyintirib, suratga oldi.
Suratlarni esa China Global Television Network nashriga joylashtirdi. Ayol bu bilan ko‘pgina davlatlarning madaniyatini o‘rganishga qaror qildi.
— Rossiyada JCH-2018 o‘tkazilishini bilib, men ko‘pgina mamlakatlar haqida ma’lumotga ega emas ekanligimni tushunib yetdim. Hatto davlat bayroqlari haqida bilmas ekanman", - deydi besh farzandning onasi. — Uch oy davomida har bir davlatning madaniyati, urf-odatlarini o‘rganib chiqdim va o‘z bilimlarimni rasmlarda aks ettirdim, deb izohladi ayol.