Ayni kunlarda AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor Toshkentda bo‘lib turibdi.
Bugun, 7 fevral kuni Serjio Gor ishtirokida Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mazkur tadbir haqida to‘xtalib, uning «samarali» o‘tganini ma’lum qildi.
«Muhokamalar samarali va istiqbolga yo‘naltirilgan tarzda o‘tdi; oldinda bizni har ikki mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha salmoqli va mazmunli ishlar kutmoqda», – deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining telegramdagi rasmiy kanalida.