Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Amerika Qo‘shma Shtatlarini "yoqib yuborgan" odam. O‘ldirilgan Jorj Floyd kim edi?

Amerika Qo‘shma Shtatlarini "yoqib yuborgan" odam. O‘ldirilgan Jorj Floyd kim edi?

Minneapolisda (Minnesota shtatida) qora tanli fuqaroning o‘ldirilishi Qo‘shma Shtatlarda salkam fuqarolar urushi boshlanishiga olib keldi. Bitta shtatda boshlangan betartib namoyishlar butun mamlakat bo‘ylab tarqaldi. Odamlar do‘konlarni talashmoqda, politsiya bo‘limlarini yoqishyapti va davlat xizmatchilariga tahdid solinmoqda. Hamma joyda komendantlik soati joriy qilinmoqda, hatto favqulodda holat e’lon qilinishi haqida gaplar yuribdi. Shuni ham aytib o‘tish lozimki, o‘ldirilgan odam rosa ideal odam ham emas edi.

Novcha, qora tanli Jorj Floyd – 46 yoshli afro-amerikalik bodibilder kabi qo‘rqinchli ko‘rinishda, uni ko‘rganlar beozor yo‘lovchi demas edi. U besh marta qamalib chiqqan, o‘g‘irlik uchun ilk qamalgan paytda 20 yoshda bo‘lgan. Oxirgi muddatini ham qaroqchilik uchun o‘tirib chiqqan. Hozir dunyo Floydning qizi instagramda berayotg an fotosuratlarini ko‘rganida uning qamoq jazolari to‘g‘rida unutishi tabiiy.

Tirikligida Floyd mahalliy bog‘da qo‘riqchi bo‘lib ishlagan. Polisiyachilar ham Minneapolisdagi do‘konga bekorga kelishmagan. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, Jorj Floyd oziq-ovqat do‘konida "soxta hujjatlar" bilan to‘lovni amalga oshirishga harakat qilgan (taxmin qilinishicha, soxta bank cheklari yoki qog‘oz pullar haqida gap ketmoqda). Polisiya erkakning giyohvand moddalar ta’siri ostida bo‘lganini ham taxmin qilmoqda.

Polisiyachilar uch kishi bo‘lgan: 44 yoshli polisiya faxriysi Derek Shovin va uning ikki hamkori Tu Tao va Tomas Leyn. Derek Shovin Floydni mashinaning yonida tutib turgan. So‘ng tizzasini Floydning bo‘yniga qo‘yib bosa boshlagan. Floyd nafas ololmasligidan shikoyat qila boshlasa-da, polisiyachi uni bo‘shatmagan. Floydning "Men nafas ololmayapman" deb takrorlagan so‘zlari norozilik timsoliga aylandi. Polisiyachi qo‘lini bo‘shatganda, kech bo‘lgan edi. Guvohlar tomonidan tarqatilgan video tartibsizliklarni boshlab berdi. Qora tanli amerikaliklar polisiyaning harakatlarini irqchilik deb hisoblashdi.

Amerikalik polisiyachilar tomonidan shafqatsiz usullar qo‘llanadi: agar odam itoat etishdan bosh tortsa, ular kuch ishlatish huquqiga ega. Ammo hibsxonalarda shafqatsizlik darajasini nazorat qilish mushkul. 2014 yilda Qo‘shma Shtatlar shunga o‘xshash vaziyatni boshdan kechirdi: o‘shanda Nyu-Yorkning Tompkinsvill mintaqasida 43 yoshli afro-amerikalik sigaret sotuvchi Erik Garner o‘ldirilgan edi. Polisiyachilar uni hibsga olmoqchi bo‘lganlarida, u kishan taqishdan bosh tortgan. Unda ham polisiyachi Garnerni bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Noroziliklar tinch yo‘l bilan boshlandi, ammo juda tez buzg‘unchiliklarga aylandi. AQSh prezidenti Donald Tramp atrofdagilarni aybladi: namoyishchilarni - erkinlik buzilganida, Minneapolis merini - hokimiyati kuchsizligida va so‘l qarashlarda. Uzoq tvitlardan so‘nggina u shaharga Milliy gvardiya qo‘shinlari kiritilishini e’lon qildi.

Ammo norozilik namoyishlari boshqa shaharlarga ham tarqala boshladi. Tenglik va polisiyaning o‘zboshimchaliklarini to‘xtatish talablari uchun Jorj Floydning shaxsi chetda qolib ketdi. Bu polisiyaga qarshilik ko‘rsatgan va deyarli umr bo‘yi qamoqxonani tark etmagan qo‘rqinchli ko‘rinishga ega afro-amerikalik ekanligini hech kim eslay olmaydi. Hammaning yodida uning portreti va "men nafas ololmayman" degan shior qolib ketadi, xolos.

Kiritildi: 05:00 03.06.2020. O'qildi: 9967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!