Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Amerika kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga faol jalb etiladi

Amerika kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga faol jalb etiladi

Mamlakatimiz investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Yuta shtati Senati prezidenti Styuart Adams va "The Stirling Foundation" yetakchisi Miles Xansen boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashdi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlash masalasini muhokama qilishdi, Amerika kompaniyalarining O‘zbekistondagi loyihalarda ishtirok etish istiqboli, shuningdek qishloq xo‘jaligi, turizm, tog‘-kon sanoati, energetika, axborot texnologiyalari, moliya sektori kabi sohalarda sheriklikni kuchaytirish usullarini ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuv yakunida Amerika kompaniyalarini O‘zbekiston bozoriga faol jalb etish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib olindi.

Jamg‘arma prezidenti M.Xansen 2023 yil dekabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyurib, maktablarni kompyuter bilan ta’minlash, ingliz tili o‘qitilishini tashkil etish, nogironlar uchun maxsus maktablarni qo‘llab-quvvatlash kabi ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirgan.

Kiritildi: 10:17 25.04.2024. O'qildi: 640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!