Amerikaliklar 1867 yil 30 martda Alyaska va Aleut orollarini 7,2 million dollar (1 akr yer uchun 2 sent) evaziga sotib olishgan.
Rossiya hukumati bu joylarni sotishga avvalroq ham harakat qilgan, chunki bor-yo‘g‘i 600 nafar rus yashagan okean ortidagi ulkan mulk ustidan nazoratni saqlash qiyinchilik tug‘dirgan va qimmatga tushgan. O‘shanda AQShdagi fuqarolik urushi Alyaska va Aleut orollarini sotishga to‘sqinlik qilgan.
Biroq, undan keyin ham Amerikadagi "oq ayiqlar uchun qo‘riqxona"ga egalik qilishni istaganlar kamchilikni tashkil qilgan. Senat a’zolari o‘rtasida Alyaskani sotib olish to‘g‘risidagi qarorga ovoz berish o‘tkazilganida, bu bitimga rozi bo‘lgan 1 tagina ovoz ustun kelgani uchun, bitim ratifikasiya qilingan.
Bu joylar sotilganidan so‘ng, Alyaskadan faqatgina savdo-sotiq va dengiz quduzlari ovi bilan shug‘ullangan ruslar ko‘chib ketishgan. Pravoslav missionerlari Alyaskada qolishgan.