Bugun 27 mart, 2026 yil, juma

КИР

Alphabet va Meta tarmoqqa qaramlik keltirib chiqargani uchun 6 mln dollar to‘laydi – Bloomberg

Alphabet va Meta tarmoqqa qaramlik keltirib chiqargani uchun 6 mln dollar to‘laydi – Bloomberg

AQShning Los-Anjeles sudi Alphabet (Google va YouTube egasi) hamda Meta (Facebook va Instagram egasi) kompaniyalarini 20 yoshli foydalanuvchiga ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik tufayli yetkazilgan ruhiy zarar uchun 4,2 mln dollar tovon puli to‘lashga majbur qildi. Bundan tashqari, kompaniyalarga 1,8 mln dollar miqdorida jarima solindi. Shuningdek, da’vo qilingan TikTok va Snapchat platformalari sud jarayoni boshlanishidan avval qiz bilan o‘zaro kelishuvga erishgan.

Da’vogar qiz YouTube va Instagram dizayni maxsus odatlantiruvchi tarzda ishlab chiqilgani sababli unda qaramlik yuzaga kelganini da’vo qilgan. Sud hay’ati korporasiyalar platforma dizaynini ishlab chiqishda ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘ygan va foydalanuvchilarni xavfdan ogohlantirmagan deb topdi.

Agentlikning qayd etishicha, ushbu qaror boshqa texnologiya gigantlarini ham o‘z xavfsizlik siyosatini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladigan holat bo‘lishi mumkin.

Biroq Meta va Alphabet ushbu hukm ustidan shikoyat qilish niyatida. Meta advokatlari qizning ruhiy muammolariga ijtimoiy tarmoqlar emas, balki oilasidagi murakkab muhit sabab bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: Bugun 16:46. O'qildi: 210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!