Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

“Alloh namoz o‘qiganim uchun azoblaydimi?”

“Alloh namoz o‘qiganim uchun azoblaydimi?”

Said ibn Musayyab roziyallohu anhu bir kishining tong otgandan so‘ng ikki rakatdan ortiq namoz o‘qigani va unda uzoq ruku’ va sajda qilganini ko‘rib, uni qaytardi. (Chunki u kishi tong otgandan keyin bomdodning sunnatidan tashqari yana nafl namoz o‘qigan edi. Dinimizda esa tong otgandan to quyosh chiqqunga qadar bomdodning sunnatidan boshqa nafl namoz o‘qish mumkin emas) Shunda haligi kishi Said ibn Musayyab Musayyab roziyallohu anhuga qarab: Ey Abu Muhammad, Alloh meni namoz o‘qiganim uchun azoblaydimi? , dedi.

Said ibn Musayyab: Yo‘q, lekin sunnatga xilof qilganing uchun azoblaydi , dedi. (Imom Bayhaqiy sahih sanad bilan rivoyat qilgan)

Juda ajoyib javob. Said ibn Musayyab Musayyab roziyallohu anhu bida’tchilarga qarshi keskir qilich edilar. Bugungi kunda ham ba’zi bid’at ishlari haqida gapirilsa, ular: Bu ham namoz-ku, nima bo‘libdi, axir ibodat qilyapmizku! , degan javobni berishadi. Masalan: falon kechada yuz rakat namoz o‘qish kerak, har rakatida buncha marta ixlos surasini o‘qish kerak kabi sunnatda vorid bo‘lmagan namozlar va shunga o‘xshash boshqa bid’atlarni dinga nisbat berib gapirishadi. Dinimiz hamma narsada shomil va komil dindir. Alloh taolo biror narsani unutib qoldirmagan. Yer yuzida har bir yuruvchi jonzot va ikki qanoti ila uchuvchi qush borki, hammasi siz kabi ummatlardir. Kitobga hech narsani qo‘ymay yozganmiz. So‘ngra Robbilariga jamlanurlar ( An’om surasi, 38-oyat).

Ya’ni, insonlar din ishlarida ehtiyoj sezadigan barcha narsa Qur’oni Karimda bayon qilingan. Birortasini unutilib, kamchilikka yo‘l qo‘yilmagan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham vahiy orqali qanday qabul qilgan bo‘lsalar omonatga xiyonat qilmasdan to‘liq, bekamu ko‘st xuddi shunday yetkazganlar. Shuning uchun biror ibodatni yoki ishni qiladigan bo‘lsak, avvalo Qur’oni Karim va sunnatni yaxshi tushungan mo‘’tabar ulamolarimizning kitoblariga murojaat qilaylik, shunda ibodatlarimiz to‘g‘ri bo‘ladi. Shuningdek vaqtimizni ham savob bo‘lmaydigan, aksincha gunoh bo‘ladigan ba’zi bid’at ibodatlarga sarflab isrof qilishdan asragan bo‘lamiz.

Bid’atchining tirishishi qanchalar ziyoda bo‘lib borsa, uning Alloh taolodan uzoqlashishi ham shunchalar ziyoda bo‘lib boradi, deyilgan. Eng yomoni bida’tga berilgan kishi tavbaga tavfiq qilinmas ekan. Chunki bid’atchi tavbaga tavfiq bo‘lishi uchun qilayotgan amali noto‘g‘ri ekanini bilishi kerak bo‘ladi.

Demak, ixlos bilan qilayotgan amallarimizga nazar solib ko‘raylik, shariatga muvofiqmi yoki yo‘qmi? Bilmasak, biladigan mutaxassislardan so‘rab olaylik. Chunki jonimizu-molimizni sarflab ixlos bilan qilgan amallarimizga Qiyomat kuni hech narsa berilmasa, ayanchli holatda qolamiz.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 14:13 19.02.2019. O'qildi: 3613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!