Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Alisher Usmonovga nisbatan tergov to‘xtatildi

Alisher Usmonovga nisbatan tergov to‘xtatildi

Germaniyada milliarder Alisher Usmonovga nisbatan tergov to‘xtatildi.

Usmonov advokatlarining aytishicha, ikki yarim yildan beri Germaniya prokurorlari rossiyalik oligarxga qo‘yilgan asosiy ayblovlarni, jumladan, pul yuvish bo‘yicha ayblarni tasdiqlay olmayapti.

2022 yilda Germaniya rasmiylari Usmonovni nafaqat pul yuvishda, balki sanksiyalarni buzganlikda va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ham gumon qilgan.

Milliarder tegishli ob’ektlarda tintuvlar o‘tkazilib, besh million yevrolik hujjatlar va 30 ta rasm musodara qilingan. Usmonov hujjat va rasmlarga, shuningdek, tintuv qilingan yaxta va villaga egalik huquqini rad etgan.

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli urushi boshlanganidan keyin Alisher Usmonov AQSH, Yevropa Ittifoqi va boshqa davlatlar tomonidan sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Milliarder sanksiyalarga sudlar orqali e’tiroz bildirmoqda.

Kiritildi: 23:30 04.11.2024. O'qildi: 1457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!