Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Alisher Usmonov yurtimizga 8 million dollarlik noyob tuhfa taqdim etdi

Alisher Usmonov yurtimizga 8 million dollarlik noyob tuhfa taqdim etdi

Kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan rossiyalik mashhur tadbirkor Alisher Usmonov Toshkentga safari chog‘ida Islom sivilizasiyasi markaziga 8 million dollralik noyob kitoblarni sovg‘a qildi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.

Kolleksiya 4923 nomdagi lotin, ingliz, nemis tillarida chop etilgan noyob kitoblardan iborat bo‘lib, ular XIII asr Sharqiy Evropasiga islom dunyosining ta’siri to‘g‘risiga bag‘ishlangan. Ular orasida Tib ilmi qonunlari (Abu Ali ibn Sino) kitobining ilk lotincha nashri ham bor. Shuningdek, kolleksiyadan Arabshohning Temurga bag‘ishlangan mashhur asarining lotin tiliga tarjimasi ham o‘rin olgan.

Islom sivilizasiyasi markazida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan mazkur kitoblar vaqtincha Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Kiritildi: 14:57 06.02.2019. O'qildi: 4166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!