Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Alisher Sa’dullayev Istanbulga dafn etilgan Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayevning qabrini ziyorat qildi

A A A
Alisher Sa’dullayev Istanbulga dafn etilgan Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayevning qabrini ziyorat qildi

Amaliy tashrif bilan Turkiyada bo‘lib turgan Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev jadidchilik harakatining yorqin namoyondasi Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev qabrini ziyorat qildi. U bu haqda o‘zining Telegram-kanalida xabar qoldirgan.

“Bugun Istanbulda jadidchilik harakatining yorqin namoyandasi, Turkiston bo‘ylab keng tarqalgan jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayevning qabrini ziyorat qildik.

Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev dastlabki tahsilni Buxorodagi madrasada oladi va ilk jadid maktablaridan biriga asos soladi. 1908 yil Istanbulda tahsil oladi. 1913 yil Usmonxo‘ja Buxoroga qaytadi va yana jadid maktabi ochadi. Mustaqil armiya, mustaqil Buxoro maqsadi yo‘lida juda ko‘p mashaqqatlarini boshidan o‘tkazgan. Shunday insonlar mustaqilligimiz uchun kurashib, uni ko‘rmay, his qilmay bu dunyodan o‘tib ketishdi. Yaratgan ularni o‘z rahmatiga olsin. Endi ularni eslamaslik, bilmaslik va o‘qimaslik aslo mumkin emas”, deb yozgan Alisher Sa’dullayev.

Kiritildi: 09:37 07.09.2022. O'qildi: 4708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!