Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Alisher Qodirov "meni saylamagansiz"ni izohladi: "Deputat blogerning kundoshi emas"

Alisher Qodirov "meni saylamagansiz"ni izohladi: "Deputat blogerning kundoshi emas"

Milliy tiklanish demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirovning fikricha, deputat blogerning kundoshi emas.

 

Xushnudbekni hurmat qilaman. U men bilgan barcha holatlarda huquqshunos sifatida, sovuqqonlik bilan xulosa qilgan... bugungi fikrini istisno deb hisoblaymiz.

1) Har qanday saylovchi xohlagan deputatiga etiroz bildirishi, tana qilishi, gapirishi mumkin, buni kim rad etadi? Lekin huquqiy jihatdan meni saylov okrugimda yashamaydigan fuqaro menga nisbatan saylovchilik huquqlari-saylash yoki chaqirib olishni tashabbus qilish vakolatlaridan foydalana olmaydi. Men “...saylamagansiz, saylamaysiz ham” deganda shuni nazarda tutganman. Takrorlayman, siqqanicha gapirsin, etiroz bildirsin, lekin “... bekor saylaganman”, deya olmaydi! Bu fakt!

2) Deputatni xalq emas, “soliq to‘lovchi” boqadi. “Xalq hokimiyatning yagona manbai” ekanligi — boshqa masala. Deputat ham soliq to‘lovchi sifatida “boqishda” ishtirok etadi. Deputat ham tekinxo‘r emas, takrorlab boshiga uradigan. Uning ham soliq to‘lovchi sifatida “oylikka yig‘iladigan sandiq”da ulushi bor. Huquqshunos sifatida buni “yaxshiroq tepish uchun” ishlatish biroz g‘alatiroq.

Umuman, blogerlar tomonidan deputatlarni xalq dushmaniga chiqarishga urinishni tushunish qiyin. Deputat blogerni kundoshi emas.
Bu haqida jiddiyroq o‘ylab ko‘rish kerakdek, deya fikr bildirdi Alisher Qodirov.

Kiritildi: 18:10 18.02.2020. O'qildi: 3917 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!