Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Aliment pulini to‘liq to‘lagan ota chetga chiqish huquqiga yana ega bo‘ldi

Aliment pulini to‘liq to‘lagan ota chetga chiqish huquqiga yana ega bo‘ldi

Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati bo‘lgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi bo‘yicha yoki o‘z tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli.

Shuningdek, aliment to‘lovchi fuqarolarning ham chetga chiqish huquqlari bekor qilinadi. O‘z navbatida cheklovni bekor qilish Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida gi qonunning 42 (1)-moddasiga asosan amalga oshiriladi.

Hususan, voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar oldindan to‘langan yoki aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash uchun garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa cheklovni bekor qilish mumkin.

Majburiy ijro byurosi Uzun tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudining 03.02.2014 yildagi buyrug‘iga asosan qarzdor K.Tajibayevdan undiruvchi N.Toirova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud edi. Farzandining moddiy ta’minoti uchun oyma oy aliment pullarini to‘lab kelgan bo‘lsada bu cheklovni bekor qilishga asos bo‘lmasligini tushinib yetgan ota sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishib farzandining 18 yoshgacha bo‘lgan ta’minot pullari ya’ni 51 million 300 ming so‘mni oldindan to‘lab berdi va Majburiy ijro byurosi tomonidan uning O‘zbekistondan chetga chiqish huquqlari tiklab berildi.

Kiritildi: 14:54 13.02.2019. O'qildi: 3256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!