Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Qozog‘istonda Ozarbayjon havo yo‘llari samolyotining qulashi munosabati bilan 26 dekabrni motam kuni deb e’lon qildi.
Rossiyadan Ozarbayjonga zudlik bilan yetib kelgan Aliyev AZAL samolyoti halokatida odamlarning halok bo‘lgani munosabati bilan 26 dekabr kuni motam e’lon qilish haqidagi farmonni imzoladi.
Avval xabar qilinganidek, Bokudan Grozniyga uchayotgan "Ozarbayjon havo yo‘llari"ning yo‘lovchi samolyoti Qozog‘istonning Aktau shahri yaqinida halokatga uchradi. Favqulodda hodisa joyida yong‘in sodir bo‘lgan. 67 yo‘lovchidan, jumladan ekipaj a’zolaridan 30 dan ortig‘i tirik qolgan. Voqea joyida 150 nafar xodim va 45 dona texnika ishlamoqda. Qurbonlar soni aniqlanmoqda, aviahalokat sabablarini tekshirish davom etmoqda.