Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Alibaba kompaniyasi daromadi keskin ko‘tarildi

A A A
Alibaba kompaniyasi daromadi keskin ko‘tarildi

Xitoy elektron tijorat giganti Alibabaning daromadi 42% ga o‘sdi.

Bu ko‘rsatgich tahlilchilarning taxminlaridan ham oshib ketdi: joriy yilning birinchi choragida Alibaba daromadni 42% ga oshirdi.

Aprel-iyun oylarida Xitoy elektron tijorat gigantining daromadi 14,7 milliard yevroga yetdi, bu uning elektron tijorati va bulutli hisoblashining o‘sishi bilan bog‘liq.

O‘tgan yilning shu davrida kompaniya daromadi 10,4 milliard yevro edi.

Kompaniya o‘zining faol iste’mol tarmog‘i hozirda 674 million foydalanuvchini tashkil etganini e’lon qildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 17% ga oshganini ko‘rsatadi.

Keyingi oyda Alibaba yangi raisga ega bo‘ladi. Ijrochi direktor Deniel Chjan amaldagi rais Jek Ma o‘rnini egallaydi.

Kompaniya asoschisi Jek Ma bu orqali insonparparlik va ta’limga ko‘proq vaqt ajratishni maqsad qilmoqda.


  •  
Kiritildi: 07:30 19.08.2019. O'qildi: 1649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!