Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Albaniyaning sobiq prezidenti korrupsiya ishi bo‘yicha hibsga olindi

Albaniyaning sobiq prezidenti korrupsiya ishi bo‘yicha hibsga olindi

Albaniyaning sobiq prezidenti korrupsiya ishi bo‘yicha hibsga olindi. Poytaxt Tiranada mamlakatning sobiq prezidenti, “Ozodlik” partiyasi asoschisi Ilir Meta qo‘lga olindi. Mahalliy ommaviy axborot vositalari u pul yuvish, korrupsiya va daromadlarni yashirishda ayblanayotganini yozmoqda. Meta barcha ayblovlarni rad etyapti.

Ilir Meta 2017 yildan 2022 yilgacha Albaniya prezidenti bo‘lgan. Bungacha u bosh vazir, parlament spikeri va tashqi ishlar vaziri lavozimlarida ishlagan. 2011 yilda ommaviy axborot vositalari uning yuqori martabali amaldorlar ishtirokidagi firibgarlik sxemasini muhokama qilayotgani aks etgan videoni e’lon qilganidan so‘ng, Meta korrupsiya ishi bo‘yicha ayblangan edi. Keyinroq unga qo‘yilgan ayblovlar olib tashlangan.

Kiritildi: Bugun 09:00. O'qildi: 312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!