Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Qal’adagi chavandozlar arvohi...

A A A
Qal’adagi chavandozlar arvohi...

Angliyaning Plimuta shahrida yashovchi bir guruh o‘smirlar qadimiy “Berri-Pomeroy” qal’asida ikki chavandoz arvohini ko‘rishgani haqida dunyoga jar solishmoqda. Ularning aytishicha, chavandozlar arvohi ikkita otni mingan holda qal’aning yuqori qavatidan pastga sakragan. To‘g‘ri, oldiniga payqashmagan. Qal’ani tashqaridan turib tomosha qilishda davom etishgan. Lekin o‘smirlardan biri kutilmaganda qichqirib yuborgan:

— Qaranglar, arvohlar pastga sakrayapti!!!

Kutilmagan qichqiriq qolganlarni shu zahoti sergak torttirgan. Ular tengqur o‘smirning ishorasi bilan yuqoriga qarashgan. Ammo hech qanday arvohga ko‘zlari tushmagan. Shunda o‘smir kissasidan smartfonini olgan-u, qal’aning yuqori qavatidagi derazani suratga olgan. Bu harakati ham qolganlarni hayratga solmagan. U smartfondagi suratni ko‘rsatgachgina ishonishga majbur bo‘lishgan. Chunki suratda rostdan ham ikki ot mingan chavandoz sharpasi yuqori qavat derazasidan pastga sakrayotgani namoyon bo‘lgandi...

Oradan bir necha kun o‘tib surat mutaxassislar qo‘liga yetkazildi. Ular qal’a tepasidan pastga sakraganlar haqiqatan arvoh ekanini tan olishdi. Yana aytishdiki, qadimda ikki risar bo‘lgan. Ular bir kuni niyati buzuqlar tarafidan ta’qib etilgan. O‘sha kimsalar risarlarni aldab go‘yo qal’ada muhim ish haqida maslahatlashib olish zarurligidan ogoh etgan. Bu ishni ulardan bo‘lak hech kim ijobiy hal eta olmasligini aytishgan. Iltimos qilishgan, yalinib turib olishgan. Risarlar oxiri rozilik bildirishgan. Biroq qal’a ichkarisiga kirishgandan keyin aldanganlarini, agar vaqtida harakat qilishmasa, dushman qo‘lida halok bo‘lishlari muqarrarligini anglab yetishgan. Shu sababli dushman qo‘lida o‘lgandan pastga sakrab jon berishni ma’qul ko‘rishgan-u, otlari bilan birga yuqori qavatdan pastga sakrashgan. O‘smirlar olgan suratdagi arvohlar xuddi o‘sha risarlarniki ekan. Ular tez-tez qal’aga tashrif buyurganlar ko‘ziga ko‘rinib, bezovtaliklaridan qayta-qayta belgi berisharkan.

esoreiter.ru

Kiritildi: 07:23 13.05.2018. O'qildi: 1681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!