Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Aktyor Fotih Jalolov yangi lavozimga tayinlandi

Aktyor Fotih Jalolov yangi lavozimga tayinlandi

Kecha, 19 oktyabr kuni O‘zbekiston davlat satira teatrida madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi.

Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Fotih Xamitovich Jalolov O‘zbekiston davlat satira teatri direktori etib tayinlandi.

O‘z mehnat faoliyatini 1986 yili Toshkent teatr va rassomlik san’ati instituti “Qo‘g‘irchoq aktyori mahorati” kafedrasida o‘qituvchilikdan boshlagan Fotih Jalolov bugunga qadar Madaniyat vazirligi tizim tashkilotlarida turli vazifalarda faoliyat yuritgan, xususan, “O‘zbekfilm”ga rahbarlik qilgan.

Kiritildi: 10:02 20.10.2021. O'qildi: 3502 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!