Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Aktyor Bobur Yo‘ldoshev rahbarlik lavozimiga tayinlandi

A A A
Aktyor Bobur Yo‘ldoshev rahbarlik lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston Davlat Yoshlar teatri oliy toifali aktyori Yo‘ldoshev Bobur Bahodirovich «Diydor» yoshlar teatriga rahbar etib tayinlandi.

Bobur Yuldashev 1979 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. O‘zbekiston Yoshlar teatri qoshidagi dramatik san’at maktab-studiyasini tugatgan. 2003 yilda Toshkent Davlat san’at institutining «Drama teatri va kino aktyorligi» fakultetini tamomlagan va shu teatrda 26 yildan buyon faoliyat olib boradi.

Mehnat faoliyatini 1995 yilda Yoshlar teatrining yordamchisi vazifasidan boshlagan. Teatrdagi faoliyati davomida aktyor 40 ga yaqin esda qolarli rollarni ijro etgan.

1998 yildan buyon teatr bilan birga kino va televideniye yo‘nalishida ham ijodiy faoliyatini olib boradi.

Kiritildi: 18:40 25.06.2021. O'qildi: 7633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!