Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Aktaudagi aviahalokat sabablari bo‘yicha dastlabki hisobot yanvar oyi oxirida e’lon qilinadi

Aktaudagi aviahalokat sabablari bo‘yicha dastlabki hisobot yanvar oyi oxirida e’lon qilinadi

Aktauda (Qozog‘iston) aviahalokat sabablari bo‘yicha dastlabki hisobot 2025 yil yanvar oyi oxirida e’lon qilinadi.

Transport va kommunikasiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, Qozog‘iston Respublikasi qonunchiligi talablari va IKAO 13-ilovasi talablariga muvofiq hisobot samolyot halokati sodir bo‘lgan kundan boshlab 30 kun ichida e’lon qilinadi.

Shuningdek, boshqarma barcha vakolatli xalqaro ekspertlar ishtirokida avtohalokat yuzasidan tergov ishlari davom etayotgani haqida xabar berdi. Ta’kidlanishicha, har kuni ekspertlar guruhi ishlaydi.

Shu bilan birga, 13-ilovaga muvofiq, Komissiya tekshiruvni 12 oy muddatda yakunlashni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi boshqarma.

Eslatib o‘tamiz, 25 dekabr kuni Qozog‘istonning Aktau shahri yaqinida Boku-Grozniy reysini amalga oshirayotgan AZAL yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragan edi. Samolyot bortidagi 67 kishidan 38 nafari halok bo‘lgan, 29 nafari tirik qolgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot jismoniy va texnik tashqi aralashuv natijasida qulagan.

Kiritildi: 20:11 05.01.2025. O'qildi: 473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!