Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Akademik liseylarga kirish imtihonlarini o‘tkazish vaqti surildi

Akademik liseylarga kirish imtihonlarini o‘tkazish vaqti surildi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, ochiq va yopiq hududlarda ommaviy tadbirlar o‘tkazilishining to‘xtatilishi munosabati bilan akademik liseylarga dastlabki saralash hamda asosiy imtihonlarni o‘tkazish vaqti ma’lum bir muddatga surildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda akademik liseylarga saralash imtihonlarining o‘tkazilishi joriy yil sentyabr oyining birinchi yarmida rejalashtirilmoqda.

Ushbu tadbirlarni o‘tkazishning aniq muddatlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar vazirlikning rasmiy veb-sayti edu.uz hamda @eduuz telegram kanali orqali e’lon qilinadi.

Kiritildi: 06:08 17.07.2021. O'qildi: 2016 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!