Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi liseyda o‘qituvchi o‘quvchini urgani aks etgan video tarqaldi.
Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilgan.
Qayd etilishicha, holat ancha avval — joriy yilning 16 may kuni Chilonzor tumanidagi Tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan S.Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik liseyida sodir bo‘lgan bo‘lib, o‘quvchi J.M. (2007 yilda tug‘ilgan) ushbu fanga tayyorgarlik ko‘rmaganligi va o‘qituvchi M.A. (1997 yilda tug‘ilgan) bir necha bor ogohlantirsada, bola tartibga kelmaganligi uchun o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, o‘qituvchi o‘quvchining yuz qismiga qo‘li bilan qattiq urganligi aniqlangan.
Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.