Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Ajabo: Tez yuradiganlar aqlli bo‘ladi!

A A A
Ajabo: Tez yuradiganlar aqlli bo‘ladi!

“Qayerga shoshyapsiz!" – bu gapni megapolis shaharlarda ko‘p eshitamiz. Emishki, yurish tempi hayot tempini belgilar ekan. Ammo olimlar tez yurish mutlaqo boshqa sabablarga ko‘ra yuzaga kelishini aniqladi.

Amerika tibbiyot assosiasiyasining jurnalida chop etilgan ma’lumotga ko‘ra, tez yuradiganlar yaxshi fikrlaydiganlar toifasiga kiradi. Ya’ni olimlar yuzlab o‘rta yoshlilar o‘rtasida harakatlanish tezligini tahlil qilgan. Natijada 45 yoshida tez harakat qiladiganlarning IQ ko‘rsatkichi sekin harakatlanadigan tengdoshlariga qaraganda 16 ball yuqori bo‘lib chiqqan.

Qizig‘i shundaki, shifokorlar uzoq vaqtlardan beri qariyalarning bilim qobiliyatlarini tekshirish uchun yurish tezligini tahlil qilishgan. Ammo hech kim bu usul bugunga qadar o‘rta va kichik yoshdagi odamlar uchun ham qo‘l keladi, deb o‘ylamagan. Bundan tashqari, olimlarning fikricha, bunday testlar demensiya (miya shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan aqliy funksiyalarning buzilishi)ni erta bosqichda aniqlashga yordam berishi mumkin.

MRT tekshiruvlari 45 yoshgacha bo‘lgan sekin harakatlanuvchi odamlarning umumiy miya hajmi kichikligini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, mazkur tekshiruvda kamharakatli odamlarning miyasida kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan mayda shikastlanishlar aniqlangan.

Shuningdek, sekin yuradiganlar jismoniy mashg‘ulotlar va salomatlik sinovlaridan ham yaxshi o‘ta olishmagan: ularning immun tizimi, o‘pka, tishlarining holati tez yuradiganlarga qaraganda yomon ahvolda bo‘lgan. Odamlarning suratlarini ko‘rib chiqqan 8 nafar mutaxassis esa sekin yuradiganlar tez qarib qolishadi, degan xulosaga kelgan.

Kiritildi: 17:15 03.01.2020. O'qildi: 3086 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik