Bugun 20 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

AI-botlar siyosiy munozaralarga aralasha boshladi

AI-botlar siyosiy munozaralarga aralasha boshladi

The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, Eron va Xitoy bilan bog‘liq tuzilmalar, shuningdek, Isroildagi ayrim xususiy kompaniyalar ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik fikriga ta’sir o‘tkazish uchun avtonom sun’iy intellekt botlaridan foydalangan.

Bunday AI-botlar insonning doimiy aralashuvisiz soxta akkauntlar ochish, post joylashtirish va onlayn munozaralarda ishtirok etish imkoniyatiga ega.

Vashingtonda ushbu texnologiyalar 2026 yilgi AQSh oraliq saylovlariga ta’sir ko‘rsatish uchun ishlatilishi mumkinligidan xavotir bildirilmoqda.

Nashrga ko‘ra, Isroildagi kampaniyalardan biri Tel-Avivda joylashgan "IntelEye" kompaniyasi bilan bog‘liq. Kompaniya taxminan mingta soxta akkaunt orqali Bosh vazir Binyamin Netanyaxuni qo‘llab-quvvatlovchi va unga qarshi mazmundagi materiallarni tarqatgan.

IntelEye esa bu siyosiy ta’sir kampaniyasi emas, balki sun’iy intellekt imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqot bo‘lganini bildirgan.

Kiritildi: Bugun 09:56. O'qildi: 152 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!